SportUz.Net
photo photo

O'zbekistonlik MMA jangchisi Xamzat CHimaev bilan shug'ullanmoqda + FOTO

18.04.2024 07:38    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasida UFC jangchisi, BAA vakili Xamzat CHimaev navbatdagi jangiga tayyorgarliklarni boshlab yuborgan.

U Dubay shahridagi (BAA) "TKMMA" zalida mashg'ulot olib bormoqda. Avval xabar berganimizdek, Xamzat bu erda o'zbekistonlik murabbiy Husan Majlimov qo'l ostida shug'ullanadi.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi, Husan Majlimovning yana bir shogirdi Xotambek Boynazarovning Xamzat CHimaev bilan surati tarqaldi.

Malumot uchun, CHimaev 22 iyun kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o'tkaziladigan UFC Fight Night turnirining markaziy jangi doirasida avstraliyalik Robert Uittakerga qarshi oktagonga ko'tariladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: