SportUz.Net
photo photo

Deontey Uaylderning navbatdagi jangi rasman tasdiqlandi + FOTO

16.04.2024 09:19    


Rasmni yuklab olish

Buyuk Britaniyaning ikki mashhur promouterlik kompaniyalari Matchroom va Queensberry birgalikda sobiq jahon chempioni ishtirokidagi ushbu jangni elon qilishdi.

Unga ko'ra, 1 iyun kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida o'tkaziladigan prof boks oqshomida superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni, amerikalik Deontey Uaylder (43-3-1, 42 KO) xitoylik CHjan CHjiley (26-2-1, 21 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.

Malumot uchun, 38 yoshli Deontey Uaylder so'nggi jangini o'tgan yilning dekabr oyida Yangi Zelandiya vakili, sobiq jahon chempioni Jozef Parkerga qarshi o'tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan raqibiga yutqazib qo'ygandi. 40 yoshli CHjan CHjiley esa shu yilning martida aynan Parkerga ochkolar bo'yicha imkoniyatni boy bergan edi.

Eslatib o'tamiz, 1 iyun kungi professional boks oqshomining markaziy jangi yarimog'ir vazn (79,4 kg.gacha) toifasi mutlaq jahon chempionligi uchun rossiyalik bokschilar Dmitriy Bivol va Artur Beterbiev o'rtasida bo'lib o'tadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: