SportUz.Net
photo photo

Maxachev Porga haqida: "U afsona"

29.04.2024 16:19    


Rasmni yuklab olish

Islam Maxachev Dastin Poreni mag'lub etishiga ishonmoqda.

"Dastinning muammosi uning uslubida. Uning nozik nuqtasi - kurash va greppling. Menda oson g'alaba uchun kalit bor. Agar barchasi reja bo'yicha ketsa, uni osonlik bilan mag'lub etaman. 

Men va Xabibning usuli - u uchun yomon variant. Men Porega mensimaslik ko'zi bilan qarayotganim yo'q, chunki u yigit afsona. Istalgan raqibni mag'lub etishi mumkin. Dastin, tayyor tur...

Men o'zimni himoya qilaman va sening gilotiningga tayyorman. Men bilan bunday bo'lmaydi", - dedi Islam Maxachev. 

Eslatib o'tamiz, Pore va Maxachev o'rtasidagi jang 1 iyun kuni UFC 302 turniri doirasida o'tkaziladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: