SportUz.Net

Toshkentdagi boks oqshomining yangi kardi malum qilindi: Jalolovning o'rniga boshqa bokschi jang qiladi

11.04.2024 20:38    


Rasmni yuklab olish

14 aprel kuni Toshkentdagi "Humo Arena"da IBA ning "CHempionlar oqshomi" bo'lib o'tadi.

Avvalroq, ushbu jang oqshomida Bahodir Jalolov jang qilmasligi haqida xabar qilingandi. Uning o'rniga xorvatiyalik bokschiga qarshi boshqa bir hamyurtimiz Jahongir Zokirov ringga ko'tariladigan bo'ldi. 

Demak, mazkur boks oqshomining yangilangan kardi quyidagicha ko'rinish oldi: 

-75 kg: Aloxon Abdullaev - Jargal Otgonjargal (Mo'g'uliston)

-71 kg: Iqboljon Xoldarov - Raxmanqo'l Sagadat (Qozog'iston)

-63.5 kg: Mujibillo Tursunov - Juma CHoki (Tanzaniya)

-60 kg: Elnur Abduraimov -  Carlos Ornelas (Meksika)

+92 kg: Jahongir Zokirov - Smaki Agron (Xorvatiya) 

+92 kg: Maylk Xanter (AQSH) - Artyom Suslenkov (Rossiya)

-67 kg: Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev - Fatix Keles (Turkiya)

-51 kg: Hasanboy Do'smatov - Samuel Karmona (Ispaniya)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: