SportUz.Net
photo photo

Uning avvalgidek ekanligiga ishonmayman. Kasallik CHimaevni o'zgartirdi va asoratlar UFC chempioni bo'lishiga imkon bermaydi

10.04.2024 19:19    


Rasmni yuklab olish

BORZda hal qilish qiyin bo'lgan muammolar bor.

Xamzat CHimaev va Kamaru Usman o'rtasidagi so'nggi jang muxlislarda ko'plab savollar tug'dirdi. Xususan, BORZ zaif kardiosi va kuchini jang davomida to'g'ri taqsimlay olmagani uchun tanqid qilindi. CHimaev P4Pning sobiq birinchi raqamli jangchisiga qarshi dastlabki raundda katta ustunlikka erishdi va keyin tezda charchay boshladi.

Endi Xamzatning oldida yangi vazifa turibdi - promoushenning sobiq chempioni Robert Uittaker bilan besh raundlik jang. Jang 22 iyun kuni UFC'ning Saudiya Arabistonida tashkil etadigan ilk turniri doirasida bo'lib o'tadi. Avstraliyalik chempionlik imkoniyatlarini sinab ko'rish uchun qiyin raqib va bu jang CHimaev uzoq masofani bosib o'ta oladimi, degan savolga ham javob beradi. Uittaker bu borada ancha tajribali, u beshinchi raundda ham yaxshi nafas oladi, chechen jangchisi esa qisqa masofalarda muammoga duch keladi.

Maykl Bisping Xamzat Gilbert Byorns bilan jangda ham xuddi shunday qiyinchiliklarga duch kelganini qayd etdi: «Agar adashmasam, bu Xamzat CHimaev uchun besh raundlik ilk jang bo'ladi. Robert Uittaker sekinlashmayapti, u juda tajribali va anchadan beri eng yuqori saviyada jang qilmoqda. Kamaru Usman va Gilbert Byornsga qarshi bahsda Xamzat tezligini pasaytirdi, ikkinchi va uchinchi raundlar juda yaqin o'tdi. Agar jangda Uittakerni muddatidan oldin nokaut qilmasa, unday yigitga qarshi besh raundlik jang Xamzat uchun falokat bo'ladi. Bu to'qnashuvda hamma narsa bo'lishi mumkin va bu juda, juda yaxshi jang».

UFC'ning yana bir sobiq jangchisi Josh Tomson CHimaevning nafas olishda nima uchun bunday muammoga duch kelgani haqida: «Agar jang dastlabki ikki raundda yakunlansa, CHimaev katta ehtimol bilan g'alaba qozonadi, ammo men  Uittakerning g'alabasini istisno qilmayman, chunki CHimaev juda ehtiyotsizlik bilan kurashadi. Muxlislar uchun bu juda qiziq, men buni qoralamayman, chunki men uni yaxshi ko'raman. CHimaevning jangini o'tkazib yubormayman. Unda shunday narsa borki, odamlar uning jangini tomosha qilishni xohlaydi. Bu uning tajovuzkorligi, beparvoligi, ehtiyotsizligi. Uning gaplari.. Janglarini tomosha qilish qiziq. Men uning COVID'dan keyin ham avvalgidek ekanligiga ishonmayman. Menimcha, uning o'pkasi vayron bo'lgan. Xamzatning bazi muammolari bor. Bu muammolar hal qilinishiga umid qilaman. Ammo, agar bu jang uchinchi, to'rtinchi va beshinchi raundlargacha davom etsa, Uittaker g'alaba qozonadi».

CHimaev 2021 yil boshida COVID'dan aziyat chekdi va kasallikning oqibatlari Borzga jiddiy tasir qildi. Jangchi menejeri Mehdi SHammasning aytishicha, Xamzat holsizligidan mehmonxonaning qabulxonasida uxlab qolgan va kasalxonaga yotqizilganidan keyin u qo'ng'iroq qilib, o'lishini aytgan. SHu munosabat bilan, o'sha yilning mart oyida CHimaev faoliyati yakunlanganini elon qildi: «Sportchilik sayohatimda qo'llab-quvvatlaganliklari uchun barchaga katta rahmat aytmoqchiman. Ishim tugadi deb o'ylayman. Ha, men kamarni olmaganimni bilaman, lekin bu hayotdagi asosiy  g'alaba bu emas. Bu sizni xafa qilishi mumkin, lekin yuragim va tanam menga etarli ekanligini aytmoqda. Men jamoamga va UFC'ga katta rahmat aytmoqchiman».

Dana Uayt darhol bayonot berdi, Xamzat bu postni emociyadan yozgan. Va uch hafta o'tgach, BORZ «qaytib keldi»: «Ikki oy kasal bo'lib qoldim, tuzalib keta olmadim, mashg'ulot va jang qila olmaganimdan stress bor edi. Odamlar bu kasallikdan o'lmoqda, lekin men hozir shu erdaman - raqiblarimning baxtiga qarshi».

CHimaev Las-Vegasda uni davolagan shifokorlarni ham aybladi. Jangchi tuzalishidan oldin mashg'ulotlarni boshlagan va vaziyat yomonlashgan. Sparringdan so'ng Xamzat qon yo'talgan,  uning o'pkasida fibroz (O'pkada chandiq paydo bo'lishi. Bunda virus havo etib borish klapanlarini yopadi. Natijada bemor yurak va nafas etishmovchiligidan aziyat chekadi) borligi malum bo'ldi va unga geliy ingalyasiyasi berilgan.

SHu fonda uning o'zi Uittaker bilan jang arafasida Dana Uaytga aqlga sig'mas g'oyalarni taklif qilmoqda: «10 raund, rozimisiz? Tarixda birinchi marta! Bu ishni qilaylik, Dana».

CHimaev promoushen rahbarining yoqimtoylaridan biri bo'lishiga qaramay, bu taklif Uaytga to'g'ri kelmaydi. Xamzatning o'zi kardio muammolarini tuzatish haqida o'ylashi zarur. Va agar o'pka shikastlanganligi sababli buni amalga oshirishning iloji bo'lmasa, unda «o'yin rejasi»ni o'zgartirishga harakat qilish kerak. Aks holda, Uittaker bilan jangda muvaffaqiyatsizlikka uchrash xavfi bor va bu CHimaevning chempionlik imkoniyatlarini yo'qqa chiqarishi mumkin.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: