SHu munosabat bilan bokschimiz va uning jamoasi bugun Moskvadan Toshkentga keldi. CHarm qo'lqop ustamizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida OAV xodimlari hamda boks muxlislari kutib olishdi.
"Iliq kutib olganingiz uchun hammangizga rahmat aytaman. Promoushenimizning ilk jang oqshomi. Kelgusida ham mashhur bo'lgan bokschilarni emas, balki chekka hududlardagi iqtidorlarni porlashiga, boksda o'z o'rnini topishiga ko'maklashmoqchiman. Men shundan motivaciya olaman. Yaqin orada oqshomda ringga ko'tariladigan barcha juftliklarni malum qilamiz", - dedi Ergashev.
Bu oqshom boshqa boks kechalaridan nimasi bilan farq qiladi, mazmunidagi savolga:
"Bu oqshomda men jang qilaman. SHunisi bilan boshqalaridan farq qiladi", - deya javob berdi bokschimiz.
Eslatib o'tamiz, Shohjahon Promotions tomonidan tashkil qilinayotgan kecha 11 iyun kuni "Yunusobod" sport majmuasida bo'lib o'tadi va soat 18:00da boshlanadi.
Kutib olish marosimini ko'rish:
Oliveyra: "Topuriya - men jang qilganlar orasida eng qattiq zarba beruvchi sportchi"
"Undan rekordidagi nolni olib qo'ymoqchiman". Volkanovski Evloev bilan jangga tayyor
Pimblett nima uchun Topuriya bilan jangga loyiq ekanligini aytdi va Maxachevni misol keltirdi