SportUz.Net
photo photo

"Tepish mumkinmi?" Sen-Per Meyvezerga qarshi jang uchun taklif olgani haqida gapirdi

10.04.2024 15:57    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni Jorj Sen-Per afsonaviy bokschi Floyd Meyvezerga qarshi amalga oshmagan jang haqida gapirdi.

"Men Ostinda, Texasda bo'ldim. Promouter o'z samolyotida uchib keldi va biz kechki ovqatni birga qildik. U sakkizburchakli ringda boks jangi bo'lishi haqida gapirdi. 

Men "Nima bu?" deb so'radim. U esa sakkizburchakli ring va menga tirsak zarbalari ruxsat berilishini aytdi. Men esa "Oyoqlar bilan tepish mumkinmi?" deb so'radim. Menga u xech qachon bunga rozi bo'lmasligini aytishdi. Men esa kurash usulini qilish mumkinligi haqida so'radim, ular yo'q deyishdi. Men ham bunchalik ahmoq emasmanku", - dedi Sen-Per. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: