SportUz.Net
photo photo

Kanelo - Mungiya oqshomining pullik PPV-kardi elon qilindi

10.04.2024 13:57    


Rasmni yuklab olish

Bizning vaqt bilan 5 may tongida AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi professional boks kechasi bo'lib o'tadi.

Oqshomning markaziy jangi ikkinchi o'rta vazn (76,2 kg) toifasida mutlaq jahon chempioni, meksikalik Saul Alvares (60-2-2, 39 KO) hamda uning mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan vatandoshi Xayme Mungiya (43-0, 34 KO) o'rtasida o'tkaziladi. Tashkilotchilar ushbu turnirning pullik translyaciya qilanadigan janglar ro'yxatini oshkor etishdi. 

Tabiiyki, ro'yxatning birinchi pog'onasida meksikaliklar o'rtasidagi markaziy jang turibdi. Ikkinchi o'rinda yarimo'rta vazn (66,7 kg)da vaqtinchalik WBC chempioni, amerikalik Mario Barrios (28-2, 18 KO) hamda argentinalik Fabian Maydana (22-2, 16 KO) jangi turibdi.

Oqshom doirasida yarimengil vazn (57,2 kg) toifasida vaqtinchalik WBC chempion, amerikalik Brendon Figeroa (24-1-1, 18 KO) vatandoshi, ikkinchi engil vaznda sobiq jahon chempioni Jessi Magdaleno (29-2, 18 KO)ga qarshi ringga ko'tariladi.

Yarimo'rta vazn (66,7 kg) toifasida WBA Regular chempioni, litvalik Eymantas Stanionis (14-0, 9 KO) ikki yillik tanaffusdan so'ng ringga qaytmoqda. 2022 yilning aprel oyida hozircha so'nggi jangini o'tkazgan Eymantas 5 may tongida venesuelalik Gabriel Maestre (6-0-1, 5 KO) bilan to'qnash keladi. Aynan mana shu janglar Kanelo — Mungiya oqshomining pullik PPV-kardidan o'rin oldi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: