Liga matbuot xizmati turnirdan o'rin olgan ilk jangni elon qildi.
Unga ko'ra, yarim engil vazn toifasida tojikistonlik aralash yakkakurash ustasi Qamariddin Hasanov (Kamil Karate) turnir doirasida oktagonga chiqadi. Unga o'zining "eski tanishi", qirg'izistonlik Marsel Nurlanbekov (Bryus Li) raqiblik qiladi.
Bu ikki jangchi uchun o'zaro ikkinchi to'qnashuv bo'ladi. Ularning ilk jangi 16 fevral kuni o'tkazilgan va o'shanda Marsel ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgandi.