SportUz.Net
photo photo

Fanat Qahramonov: "Agar Olimpiadaga licenziya olsam, jonimni berib jang qilaman"

18.02.2021 14:20    


Rasmni yuklab olish

Parij mezbonligidagi boks bo'yicha jahon licenzion turniri bekor qilindi.

Terma jamaomiz ayni paytda -75 kg va -81 kg vazn toifalarida Olimpiada yo'llanmasiga ega emas. Turnir tashkilotchilarining malum qilishicha, licenziya egalari so'nggi 4 yil (2017-2021) davomida to'plangan reyting orqali aniqlanadi. -75 kg da Isroil Madrimov licenziya uchun kurashishi deyarli aniq bo'lib ulgurgandi. Biroq Madrimov prof ringdagi faoliyati tufayli havaskor boksda aytarli reytingga ega emas. Bunday vaziyatda Fanat Qahramonovda imkoniyat tug'ilishi mumkin. Ushbu holatga bokschimizning o'zi qanday munosabatda?

"Oldindan biror narsa deya olmayman. Hammasi Allohdan. Agar licenziya olsam jonimni berib jang qilaman. Nasib qilgan bo'lsa, medal olishga harakat qilaman", - dedi Fanat Qahramonov.

Sarvinoz Rahmonqulova tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: