SportUz.Net
photo photo

O‘zbekistonlik jangchi AYBAT promoushenida jang qiladi

01.06.2021 14:43    


Rasmni yuklab olish

U mezbonlar vakiliga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

6 iyun kuni Qirg‘izistonning so‘lim go‘shalaridan biri Nookat shahrida MMA bo‘yicha o‘ziga xos turnir tashkil etiladi. Ya’ni, AYBAT promoushenining navbatdagi jang kechasi bo‘lib o‘tadi. 

Mazkur promoushenda o‘zbekistonlik jangchilarning ham o‘z o‘rni bor. Bir qator hamyurtlarimiz ushbu ligada ham ajoyib janglari bilan qirg‘izistonlik MMA ixlosmandalarini hayratiga va qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Ana shunday jangchilarimizdan biri Bahodir Tillaboev aynan ushbu jang kechasida oktagonga ko‘tariladi. 

U mezbonlar vakili Daniyar uulu Dastanga qarshi jang qiladi. Qirg‘izistonlik jangchi faoliyati mobaynida to‘rtta jang o‘tkazib, uchtasida g‘alaba qozongan va bir bora mag‘lubiyat qayd etgan. Tillaboevning rekordi esa 5-1 ko‘rinishga ega. 

Hozirda ushbu jangchimiz murabbiyi Jahongir Qoraboev qo‘l ostida jangga jiddiy hozirlik ko‘rmoqda. Shu o‘rinda yurtdoshimizga oldinda turgan jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: