Bugun musobaqa doirasida ilk bosqich bahslari tashkil etiladi. Unda o'zbekistonlik bokschilar ishtirok etishmaydi.
Terma jamoamiz azolari ichida To'rabek Xabibullaev ertaga birinchilardan bo'lib ringga ko'tariladi. Hamyurtimizga ilk bosqichda iordaniyalik Hussayn Iashish raqib bo'ladi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 2:15 dan so'ng (4 dan 5 martga o'tar kechasi) boshlanadi.
Janglar O'zbekiston telekanallari orqali namoyish etilmaydi.