SportUz.Net

UFC Fight Night 238 turnirining barcha natijalari bitta xabarda

03.03.2024 06:38    


Rasmni yuklab olish

Bugun tong saharda AQSHning Las-Vegas shahrida UFC Fight Night 238 turniri bo'lib o'tdi.

Xabar berganimizdek, oqshomning markaziy jangi og'ir vazn toifasida surinamlik Jairzino Rozenstrayk Bahrayn sharafini himoya qilayotgan dog'istonlik SHamil Gazievni texnik nokautga uchratdi. Beshinchi raund boshlanishi arafasida Gazievning burchagi jangni davom ettirmaslikka qaror qilgan. 


UFC Fight Night 238 turnirining barcha natijalari:

Jairzino Rozenstrayk SHamil Gazievni texnik nokautga uchratdi (referi jangni to'xtatdi) — (4-raund, 5:00)

Vitor Petrino Tayson Pedroni ochkolar hisobiga ko'ra engdi (30-27, 30-27, 29-28)

Muhammad Mokaev Aleks Perezdan ochkolar bo'yicha ustun keldi (29-28, 29-28, 29-28)

Umar Nurmagomedov qozog'istonlik Bekzat Almaxanni ochkolar hisobi bo'yicha taslim etdi (30-25, 30-26, 30-26)

Stiv Erczeg Mett SHnellni nokautga uchratdi (2-raund 0:26)

Erik Anders Jeymi Pikettni hakamlarning yakdil qarori bilan yutdi (29-27, 29-28, 29-28)

Vinisius de Oliveyra Benardo Sopayni chuqur nokautga uchratdi (3-raund, 4:41)

Aymann Zaxabi Javid Basharatni ochkolar hisobiga ko'ra engdi (29-28, 29-28, 29-28)

Kristian Leroy Dankan Klaudio Ribeyroni texnik nokautga uchratdi (2-raund, 1:57)

Lyudovit Klayn EyJey Kanningemni texnik nokaut hisobiga mag'lubiyatga uchratdi (1-raund, 4:36)

Tojikistonlik Loik Rajabov Abdul-Kerim Al-Selvadini nokautga uchratdi (3-raund, 0:49)



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: