SportUz.Net
photo photo

UFC Fight Night 238. Markaziy jang so'nggi raund oldidan to'xtatildi

03.03.2024 06:19    


Rasmni yuklab olish

Xabar berganimizdek, bugun AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning markaziy jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda surinamlik nokautchi Jairzino Rozenstrayk asli dog'istonlik, hozirda Bahrayn davlati sharafini himoya qilayotgan SHamil Gazievga qarshi oktagonga chiqdi. Besh raundga mo'ljallangan jang muddatidan avval yakuniga etdi. 

Uch raund deyarli teng kurashlar ostida kechdi. To'rtinchi raundga kelib, tashabbus to'liq Jairzino tomoniga o'tdi va muxlislar bir tomonlama jang ko'rishdi. So'nggi beshinchi raund boshlanishi oldidan SHamil Gaziev sekundantlariga jangni davom ettira olmasligini malum qildi. Bunga uning bir ko'zi ko'rmay qolgani sabab bo'lgan. Referi Mark Goddard ham vaziyatdan kelib chiqib, jangni to'xtatdi. 

Jairzino Rozenstrayk  texnik nokaut evaziga g'alaba qozondi. Bundan avvalgi jangida Jailton Almeydaga muddatidan avval yutqazib qo'ygan Rozenstrayk oktagonga yozdayoq qaytishga va Top og'ir vaznli aralash yakkakurash ustasi bilan jang qilishga tayyorligini malum qildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: