Oqshom doirasida o'zbekistonlik MMA jangchisi Bahromjon Mashrapov (7-3-0) ham oktagonga chiqadigan bo'ldi. Unga o'sha kuni braziliyalik aralash yakkakurash ustasi Diego Byankini (8-1-0) raqiblik qiladi.
Aslida Byankini 24 fevral kuni LFA 177 turniri doirasida boshqa bir o'zbekistonlik - Mirafzal Axtamov bilan jang qilishi kerak edi, ammo jang hamyurtimizning betob bo'lib qolishi oqibatida bekor qilingan edi.
Eslatib o'tamiz, Bahromjon Mashrapov so'nggi jangini 2023 yilning sentyabr oyida tashkil etilgan LFA 167 turniri doirasida rossiyalik SHamidxan Magomedovga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.
Topuriya: "Carukyan qo'rqib qolgan. U jang qilmasligi aniq bo'lganda vazn qila oladi"