SportUz.Net
photo photo

Xeyni Teofimo Lopesni jangga chorladi

31.05.2021 18:20    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida vaqtinchalik WBC yo'nalishi chempioni Devin Xeyni ushbu divizionda mutloq jahon chempioni Teofimo Lopesga qarshi jang qilmoqchi.

“Agar keyingi navbatda Lopes bo'lsa, keling, buni qilamiz. Teofimo, kel, barcha kamarlar uchun kurashaylik. Biz chinakam mutloq jahon chempionini aniqlaymiz. Lopez xohlagan gapni ayta oladi, ammo biz ringni ikkiga bo'lishimiz kerak. U bilan xohlaganimni qilaman, deb ayta olaman. U ham men haqimda shunday deya oladi. Ammo biz ringga chiqqunimizga qadar bu befoyda ", - deya Xeynining so'zlarini keltiradi America DAZN.

Eslatib o'tamiz, Devin Xeyni bizning vaqt bilan 30 may kuni erta tongda sobiq jahon chempioni Xorxe Linaresni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lubiyatga uchratdi va vaqtinchalik WBC kamarini himoya qildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: