SportUz.Net
photo photo

Do'stlik kamardan muhimroq. Dvalishvili ancha yil oldin UFC chempioni bo'lishi mumkin edi, ammo…

24.02.2024 12:00    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, o'tgan dam olish kuni UFC 298 turniri bo'lib o'tdi.

Uning asosiy qahramonlaridan biri Merab Dvalishvili bo'ldi. Gruziyalik sportchi sobiq UFC chempioni Genri Sexudoga qarshi jangda ilk raundda og'riqli zarbani o'tkazib yuborgan bo'lsa-da, o'zini yo'qotib qo'ymay, bahsni davom ettirdi va yakunda hakamlar qarori bilan g'olib deb topildi. 

SHu tariqa, Dvalishvilining g'alabali seriyasi 10 taga etdi, janglarining faqat bittasi muddatidan oldin nihoyasiga etgan. Sexudo mag'lub etilgach, gruziyalik chempionlik jangini talab qildi. U bir necha qonli to'qnashuvlardan beri bunga loyiq ekanligini isbotlab kelmoqda. Gruzin haqiqatan ham o'ziga xos jangchi. U yaxshi, ammo mukammalikdan yiroq kurash texnikasiga ega. Merab kuchli zarba sohibi, lekin u kamdan-kam holatda raqiblarini nokautga uchratadi. 

Uni o'ziga xos qiladigan narsa chinakam cheksiz «gaz baki» - Dvalishvili barchani tinimsiz bosim bilan ezib tashlaydi. U uchun jang 3 yoki 5 raund bo'lishi ahamiyatsiz hisoblanadi. Qahramonimiz ayrim jabhalarda raqiblaridan kuchsiz bo'lishi mumkin, biroq doimiy bosim tufayli ustunlikni o'z tomoniga ag'dara oladi. 

Gruzin aralash yakkakurash ustasi ancha avval chempionlik uchun harakat qilishi mumkin edi, lekin bir narsa unga to'sqinliq qilgan. Merab uzoq yillardan beri engil vazn toifasida chempionlik kamarini egallab kelgan Aljameyn Sterling bilan qalin do'st sanaladi. Ikkovlon ancha yillardan beri birga mashq qilib kelishadi, shuning uchun ular unvon va hatto katta pul uchun ham bir-birlari bilan jang qilishga tayyor bo'lishmagan. 

Albatta, bu holat Sterling uchun foydali bo'lgan, biroq gruziyalik uchun chempionlik yo'lini sekinlashtirgan edi. Ushbu jarayonning salbiy tomoni shuki, bu UFC prezidenti Dana Uaytga yoqmagan. «Bunday bemaniliklarga qanday munosabatda ekanligimni hamma biladi. Bu kabi holatlarni yoqtirmayman. Bu do'stlik emas, unda nega sportga keldingiz? Bu erda eng zo'rlar aniqlanadi, xohlamasangiz eshik ochiq! Siz o'zingizni boshqa joyda sinab ko'ring. Jang qilish mumkin bo'lgan ko'plab joylar bor. Ularga nima qilayotganingiz umuman qiziq emas, ammo bu erda bunday qoidalar ishlamaydi», degandi promoushen rahbari. 

Istedodli SHon O’Melli divizionni uyg'otishga va bir vaqtning o'zida Aljameynni nokautga uchratib, chempion bo'lishga muvaffaq bo'ldi. Mag'lubiyatdan so'ng Sterling qasos olishdan bosh tortdi va shunday qilib Dvalishviliga yo'l ochildi. O’Melli va Marlon Vela o'rtasidagi chempionlik jangiga ham oz vaqt qoldi, biroq kelajakda chempionlik uchun kurashda Merabning raqibi kim bo'lishidan qatiy nazar uni hozir hech kim to'xtata olmaydi, degan taxminlar mavjud. Gruziyalik o'zining atletik mahoratidan tashqari, hayotida ham ancha «yorqin». Dvalishvili «kurakda turmas» so'zlardan ham mohirona foydalana oladi va juda xarizmatik bo'lib, muxlislarda ham sevgi, ham nafrat uyg'otadi. Malum bo'lishicha, gruzinga chempion bo'lish uchun to'sqinlik qilgan yagona narsa Sterling bilan do'stiligi bo'lgan, xolos. Endi hamma narsa Merabning qo'lida, balki isbotlash vaqti kelgandir…

Habib Jo'raboev tarjimasi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: