Hozirda 53 (32 ta erkaklar, 21 ta ayollar)ta yo'llanma o'z egasini topmagan. Ishchi guruhning malum qilishicha, ushbu kvotalar barcha qitalarga bokschilarning Olimpiya vazn toifalaridagi reyting pog'onalariga qarab tarqatiladi. Bunda so'nggi 4 yil (2017-2021) orasida o'tkazilgan xalqaro turnirlar inobatga olinadi.
O'zbekiston boks terma jamoasi -75 va -81 kg gacha bo'lgan vaznlarda olimpiadaga yo'llanma olmagan. Bu vaziyatda terma jamoa murabbiylari qanday yo'l tutishadi? SportUz.Net sayti muxbiri ushbu masala yuzasidan terma jamoamiz katta murabbiyi To'lqin Qilichevga bog'landi.
"Bunga tayyor edik, hozirgi sharoitda kutilgan edi. Endi reyting asosida bo'ladi. Bir-ikki o'zgarishlar bo'lishi mumkin. Lekin shu ikki vazndagi yigitlar reytingda bor. -81 kg da Dilshodbek Ro'zmetovning reytingi juda yaxshi. -75 kg da endi ko'ramiz. Bu vaznni hal qilishimiz uchun bizga biroz vaqt kerak. Reja asosida Olimpiadaga tayyorlanaveramiz", - dedi terma jamoa katta murabbiyi.
- Boks muxlislari -75 kg vazn toifasida Isroil Madrimovni kutishgandi. Ammo Madrimov asosiy etiborini prof ringga qaratdi va natijada havaskor boksda kerakli ochkolar to'play olmagan. Bunday bo'lishini ko'pchilik kutmagandi. Endi -75 kg da O'zbekistondan hech kim qatnasha olmaydimi? Yoki Fanat Qahramonovda imkoniyat bormi?
"Ha, Qahramonovda imkoniyat katta. CHunki u oxirgi jahon chempionatida, qita licenzion turnirida ishtirok etib, reyting ochko olgan", - deya javob berdi To'lqin Qilichev.
Nima bo'lganda ham Tokioda barcha vaznlarda terma jamoamiz vakillarining ishtirokini kutamiz.
"Men Top-5`da Dvalishvili bilan jang qilmagan yagonaman" - Sendxagen kamar uchun jang qilmoqchi
Ankalaev Proxazka bilan jang qilmaydi, Pereyra bilan revansh bo'yicha muzokara ketmoqda