SportUz.Net
photo photo

"Aniq "krysa" bor". Fyurining menejeri malumotlar chiqib ketayotganidan havotirda

13.02.2024 11:57    


Rasmni yuklab olish

Tayson Fyurining menejeri Spenser Braun sparringlarda bo'lgan voqealar haqidagi malumotlar tashqariga sizib ketganini aytdi.

Uning aytishicha, malumotlarni aynan jamoadan kimdir boshqalarga etkazib turibdi. Avvalroq sobiq chempion Jonni Nelson sparringlar vaqtida britaniyalikni ringga yiqitishgani haqida xabarlarni malum qilgandi. 

"Jonni Nelson? Bizda aniq "krysa" bor. Biz barchasini aniqlaymiz. Barchasini ko'rib chiqamiz. Informatorni topamiz. Bitta shubhalanuvchi menda bor. Bittasini aniqladim.

U Nelsonga qandaydir gaplarni etkazibdi. Opetaya Fyurini nokaut qilibdimi? Bu xuddi Vezuviya vulqonining yo'qolishi kabi haqiqat. Bunday bo'lgani yo'q. Umuman, Tayson ajoyib formada edi. 

"Kalamush" aniq bor. U bizga qarshi ishlaydi deb hisoblamayman. SHunchaki, voqea yaxshiroq eshitilishi uchun o'zidan qo'shadi. Sparringlar haqida gapirsak, bu har kuni bo'ladi. Har kuni ideal bo'lishning imkoni yo'q", - dedi Braun.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: