SportUz.Net

Qozog'istonlik UFC debyutanti Nurmagomedov bilan jangni qabul qilishi sababini aytdi

13.02.2024 09:57    


Rasmni yuklab olish

Engil vazn toifasida qozog'istonlik Bekzat Almaxan nima uchun debyut jangida rossiyalik Umar Nurmagomedovga qarshi oktagonga chiqishga rozi bo'lganini aytdi.

"Biz tayyormiz, shuning uchun bu jangni qabul qildik. Barchasini shu jangda ko'rsatamiz. Men jangga rozi bo'lish yoki uni rad etish haqida o'ylamadim. Menga ovozli xabar jo'natishlari bilan darhol jangga rozilik bildirdim. Uch-to'rt yil oldin o'zimga o'zim "Agar UFS'dan shartnoma berilsa, raqib tanlamasdan jang qilaman deb aytgandim. Hozir shunday bo'lmoqda. Umar - Top raqib, eng zo'r jangchilardan biri. 

Agar men Umarni mag'lub etsam, Top-10`dagi raqiblar bilan jang qilishim uchun imkoniyat paydo bo'ladi. Umar - mashhur va kuchli raqib. U bilan jang qilishdan ko'pchilik qochadi. Uning oyoq-qo'llari yaxshi ishlaydi. Universal jangchi, lekin men ham shundayman. Men ham jangda yaxshi kurasha olaman. Barchasiga tayyormiz, ko'ramiz nima bo'lar ekan", - dedi Bekzat.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: