SportUz.Net

Nima? Kechagina oktagonga chiqqan Bogdan Guskovga UFC yangi jang taklif qildi

13.02.2024 08:19    


Rasmni yuklab olish

Yarimog'ir vazn toifasida o'zbekistonlik UFC jangchisi Bogdan Guskovga yangi jang taklif qilindi.

Bu haqda uning o'zi Match TV bilan intervyuda aytib o'tdi.

"Menga uch haftadan keyin jang qilish taklifini berishdi, ammo murabbiyim bilan maslahatlashganimdan so'ng uni qabul qilmaslikka qaror qildim. SHunday ekan, biz biroz tanaffus qilamiz, ozgina dam olish kerak. Men uch haftadan buyon oilam bilan birga bo'lmadim. Agar hozir yana uch haftalik chaqiruvni qabul qilsam, AQSHda qolishimga to'g'ri kelar edi. Menga aniq raqib nomini aytishmadi, shunchaki sanani aytib, jang qilishimni taklif qilishdi", - dedi Bogdan Guskov.

Eslatib o'tamiz, Bogdan 11 fevral tongida amerikalik Zak Paugani nokautga uchratgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: