SportUz.Net
photo photo

UFC Ulanbekovning navbatdagi jangini rasman tasdiqladi

29.05.2021 15:20    


Rasmni yuklab olish

UFC promoushenida eng engil vazn toifasida ishtirok etayotgan rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi Tagir Ulanbekov navbatdagi jangini Tayson Nemga qarshi o'tkazadi.

Jang 19 iyundan 20 iyunga o'tar kechasi bo'lib o'tadi. Bu haqda UFC Russia Instagram rasmiy sahifasida xabar berildi.

29 yoshli Ulanbekov UFC'dagi debyutini 2020 yil oktyabrda o'tkazgan. Abu-Dabi (BAA) shahrida tashkil etilgan turnirda u braziliyalik  Bruno Silvani hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgandi. 

Umuman olganda, rossiyalik sportchi MMAda 14 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 13 tasida g'alaba qozongan, bir bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan. 37 yoshli Nemga kelsak, u MMA'da 33 ta jangda 20 g'alaba, 12 mag'lubiyat va bitta durang qayd etgan.

Malumot uchun, hamyurtimiz Zarruh Adashev UFC promoushenidagi debyut jangida aynan Tayson Nemga qarshi oktagonga ko'tarilgan va UFC on ESPN 10 turniri doirasidagi jangning birinchi raundidayoq nokaut evaziga mag'lubiyatga uchragan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: