SportUz.Net
photo photo

Lobov Makgregor - Pore jangiga taxmin bildirdi

29.05.2021 09:40    


Rasmni yuklab olish

Konor Makgregorning yaqin do'sti va sparring sherigi Artyom Lobov Konor va Dastin o'rtasidagi uchinchi jang haqida o'z taxminini bildirdi.

"Konor juda aqlli jangchi. Ammo, u ikkinchi jangda shunchaki chiqaman va o'z ishimni qilaman deb o'ylab qoldi. SHu bilan birga qo'l bilan jangga tayyorlanib, Porening oyoq zarbalarini hisobga olmagandi.

Biz Porega ham o'z hurmatimizni ko'rsatishimiz lozim. U o'zining eng ajoyib janglaridan birini o'tkazdi. Endi esa Dastinga oson bo'lmaydi. Konor bor etiborini uchinchi jangga qaratgan. Bunday payt uni to'xtatib bo'lmaydi. Menimcha, u jangning boshida Poreni nokautga uchratsa kerak. Birinchi raund, uzoq borsa ikkinchi", - dedi Lobov.

Eslatib o'tamiz Konor Makgregor va Dastin Pore o'rtasidagi uchinchi jang 10 iyul kuni o'tkaziladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: