SportUz.Net

Magomed Ankalaev Jonni Uokerga qarshi 2! Bugun tunda UFC'ning 2024 yildagi ilk musobaqasi o'tkaziladi (To'liq kard va boshlanish vaqti)

13.01.2024 08:57    


Rasmni yuklab olish

AQSHning Las-Vegas shahrida joylashgan "UFC Apex" arenasida 2024 yilning ilk UFC kechasi tashkil etiladi.

Markaziy jangda rossiyalik Magomed Ankalaev braziliyalik Jonni Uokerga qarshi ikkinchi jangini o'tkazadi.

Turnir Toshkent vaqti bilan 14 yanvar kuni 2:00 da boshlanadi. Asosiy kard janglari esa 5:00 dan start oladi.

Kecha jangchilar vazn o'lchash marosimida ishtirok etdi:

Markaziy jang, yarim og'ir vaznda: Magomed Ankalaev (92,75 kg) vs Jonni Uoker (93,21 kg)

O'ta engil vaznda: Mateus Nikolau (57,15 kg) vs Manel Kape (58,74 kg)*

Engil vaznda: Jim Miller (70,53 kg) vs Gabriel Benites (70,3 kg)

Eng engil vaznda: Rikki Simon (61,68 kg) vs Mario Bautista (61,46 kg)

O'rta vaznda: Filipp Xouz (83,91 kg) vs Brunno Ferreyra (83,91 kg)

Og'ir vaznda: Andrey Orlovskiy (112,03 kg) vs Valdo Kortes-Akosta (118,61 kg)

Yarim o'rta vaznda: Mettyu Semelsberger (77,33 kg) vs Preston Parsons (77,33 kg)

Eng engil vaznda: Markus MakGi (61,46 kg) vs Gaston Bolanos (61,46 kg)

Eng engil vaznda: Farid Basharat (61,68 kg) vs Teylor Lapilus (61,68 kg)

Yarim engil vaznda: Vestin Uilson (65,99 kg) vs Jin Silva (65,99 kg)

Engil vaznda: Nikolas Motta (70,53 kg) vs Tom Nolan (70,3 kg)

O'ta engil vaznda: Joshua Van (56,92 kg) vs Felipe Bunes (56,92 kg).

*Manel Kape belgilangan vazn meyorini bajara olmadi va uning ishtirokidagi jang bekor qilindi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: