Hammasi, mashhur promouter Bob Arum Tvitterda Jared Andersonni og'ir vazn kelajagi deb qayd etganidan so'ng boshlandi. SHundan keyin, promouter Lu DiBella Bob Arumga Bahodir Jalolov ismini eslab qolishi haqida yozadi.
Hamyurtimiz ikki promouterga javoban ushbu jangni tashkil qilish haqida yozdi: "Keling ushbu jangni tashkil qilamiz", -deb yozadi Bahodir Jalolov. Keyinroq esa, "Men tayyorman", - deb qo'shib qo'yadi bokchi.
Olimpiada licenziyasini qo'lga kiritgan Bahodir Jalolov finalda Konkabaev bilan jang qiladi