SportUz.Net
photo photo

Paulo Kosta: "Agarda CHimaev jang qilishni istamasa, nishonimda boshqasi bor"

08.12.2023 16:19    


Rasmni yuklab olish

UFC jangchisi Paulo Kosta yana bir bor Robert Uittakerni jangga chorladi.

"Agarda CHimaev jang qilishni istamasa, ro'yxatimda boshqasi bor - Rob Uittaker. U ushbu jangga qiziqsa, tashkilotchilik uchun shoshilishi kerak bo'ladi. 2024 yilda faol bo'lmoqchiman", - dedi o'rta vaznli jangchi Paulo Kosta o'z tvitterida.

Eslatib o'tamiz, Kosta so'nggi jangini 2022 yil avgustida o'tkazgan va Lyuk Rokxoldni mag'lub qilgandi.

2023 yilda Kosta belgilangan janglardan uch marta chiqishga majbur bo'ldi: UFC 284'da u Robert Uittaker, UFC 291'da Ikram Aliskerov va UFC 294'da Xamzat CHimaevga qarshi jang qilishi kerak edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: