SportUz.Net
photo photo

Gilbert Byornsning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum bo'ldi

08.12.2023 10:57    


Rasmni yuklab olish

2024 yil 9 mart kuni UFC 299 turniri o'tkaziladi.

Ushbu turnirdan o'rin olgan navbatdagi jang malum bo'ldi. Unga ko'ra, yarim o'rta vazn toifasida braziliyalik aralash yakka kurash ustasi Gilbert Byorns (22-6-0) UFC 299 turnirida jang qiladi. Unga avstraliyalik Jek Della Maddalena (16-2-0) raqiblik qiladi. Jang 3 raund etib belgilangan.

Avvalroq, ushbu musobaqa doirasida qozog'istonlik Asu Almabaev ham jang qilishi haqida xabar bergan edik. Turnirning markaziy jangi eng engil vazn chempioni SHon O'Melli hamda davogar Marlon Vera o'rtasida o'tkaziladi.

Eslatib o'tamiz, Gilbert Byorns UFC'da shu kungacha 21 ta jang o'tkazgan va ularning 15 tasida g'alaba qozongan, oltita jangda raqiblari oldida ojiz qolgan. U so'nggi jangini 2023 yil may oyida Belal Muhammadga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgan edi.

27 yoshli Jek Della Maddalena esa UFC'da hozircha oltita jang o'tkazib, barchasida g'alaba qozongan. Avstraliya vakili o'zining oxirgi jangini 2023 yil sentyabr oyida Kevin Hollandga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra zafar quchgan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: