"Boksga islohotlar kerakmi? Ha, yaxshilash kerak bo'lgan bir qancha jihat bor. Tomoshaboplik uchun muxlislar istayotgan juftliklarni tanlash kerak.
Men aynan nimani o'zgartirish kerakligi haqida aniq fikr ayta olmayman, ammo bir narsani aytaman - boks qiyin mashina. U erda ko'plab tashkilotlar va rahbarlar bor.
To'rtta turli sovrin bor, promouterlar ham o'z bokschilariga ega, turli televideniyalar, bokschilarning jang huquqlari turlicha.
Agar UFC bilan taqqoslaydigan bo'lsak, u erda bitta tashkilot bor. Jangchilar uchun bitta televideniya, bir promouter va bir kamar. Boksda barchasi qiyin", - dedi Bivol.