SportUz.Net

CHendler "katta afisha"da kimlar jang qilishini aytdi

06.12.2023 08:57    


Rasmni yuklab olish

Maykl CHendler Konor Makgregorga qarshi jangi o'tkazilishiga ishonmoqda.

"Eshiting, hech kim men bilan jang qilishni istamayapti va hatto muzokara qilgisi kelmayapti, tushunyapsizmi? Men ham "katta afisha"ni eshitdim. Menimcha, bu men va Konor o'rtasidagi jang bo'ladi.

Afsuski, menda yangi malumotlar yo'q. Tabiiyki, UFC 300'da qaytish yaxshi bo'lardi. Aynan o'sha erda jang qilishni istayman. Konorga qarshi jangim bo'ladi. Menda aniq sana, turnir nomi yo'q, lekin kelasi yili uni aniq o'tkazamiz", - dedi UFC tituli uchun sobiq davogar.

Oldinroq Dana Uayt juda katta jang haqida malumot bergan, biroq unda Konor Makgregor ishtirok etmasligini aytgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: