SportUz.Net
photo photo

UFC 265 kechasining markaziy jangi malum. Bizni revansh kutmoqda!

24.05.2021 09:00    


Rasmni yuklab olish

Og'ir vazn toifasida UFC'ning amaldagi chempioni Frensis Ngannu hamda divizionning ikkinchi raqamli jangchisi Derrik Lyuis o'rtasidagi bahs 7 avgust kunida bo'lib o'tadigan UFC 265 musobaqasining asosiy voqeasiga aylanishi mumkin.

Bu haqida UFC prezidenti Dana Uayt ESPN telekanaliga bergan intervyusida malum qildi.

"Ha, ushbu to'qnashuv kechaning asosiy voqeasi bo'lishi mumkin. Biz hozir shu jang ustida ishlayapmiz", - dedi tashkilot rahbari.

Eslatib shhtamiz, 27 mart kuni Las-Vegasda bo'lib o'tgan UFC 260 musobaqasida Frensis Ngannu Stip Miochichni ikkinchi raundda nokautga uchratib, UFC'ning og'ir vazn toifasidagi yangi chempioniga aylangandi. Derrik Lyuis esa ayni paytda to'rtta g'alabadan iborat seriyaga ega bo'lib turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: