SportUz.Net

Rasman. Xotambek Boynazarov Octagon ligasi bilan shartnoma imzoladi. Uning ilk jangi sanasi va raqibi malum

29.11.2023 16:57    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Xotambek Boyzanarov (7-0-0) Qozog'istonning Octagon ligasi bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda liga matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hamyurtimizning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ham elon qilindi. Unga ko'ra, Boynazarov 23 dekabr kuni Olma-Ota shahrida o'tkaziladigan Octagon 53 musobaqasi doirasida jang qiladi. Xotambekka o'sha kuni ozarbayjonlik Emin SHaripov (4-1-0) raqiblik qiladi.

SHuningdek, Octagon 53 musobaqasida yana bir o'zbekistonlik jangchi - Anvar Abdullaev chempionlik kamari uchun jang qiladi.

Eslatib o'tamiz, Xotambek Boynazarov so'nggi jangini 2023 yil 26 avgust kuni UAE Warriors 44 turniri doirasida franciyalik Mikail Bayramga (6-3-0) qarshi o'tkazib, muddatidan oldin g'alaba qozongan edi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: