SportUz.Net
photo photo

Uaylder Ngannuni tabrikladi

21.11.2023 08:38    


Rasmni yuklab olish

Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder kamerunlik Frensis Ngannuning WBC og'ir vazn toifasi reytingida kuchli o'ntalikka kirgani haqida gapirdi.

"Uni tabriklayman. Yana nima deyishim mumkin? Ngannu uchun xursandman. Frensis MMAdan bu erga keldi, hayotini xavf ostiga qo'ydi va reytingga kirish imkoniyatini qo'lga kiritdi. 

Umid qilamanki, Ngannu boksda qoladi. CHunki men ham boks va aralash jang sanatining aralashtirishni istardim. Bu ajoyib holat. Uni tabriklayman. Frensis yaxshi mehnat qildi. U haqdagi bor gaplarim shu", - dedi Uaylder.

Eslatib o'tamiz, yaqindagina Ngannu boks qoidalari asosida o'tkazilgan jangda WBC chempioni Tayson Fyuriga hakamlar qarori evaziga mag'lub bo'lgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: