SportUz.Net
photo photo

WBC, WBA, IBF va WBO kamarlarining mutlaq egasi kim bo'ladi yoki SHohjahon va SHahram intilayotgan “cho'qqi” davogarlari

22.05.2021 13:20    


Rasmni yuklab olish

Professinal boksning ushbu yo'nalishlari bo'yicha birinchi yarim o'rta vazn toifasidagi jahon chempionligi ikki sportchiga tegishli.

WBC va WBO chempionligiga amerikalik Xose Ramires egalik qilib kelayotgan bo'lsa, shotlandiyalik Josh Teylor IBF va WBA yo'nalishlarining “egasi” hisoblanadi.

Va nihoyat ertaga tongda AQSHning Las-Vegas shahrida to'rtta yo'nalishni birlashtiradigan mutlaq chempionlik jangi bo'lib o'tadi.

Bugun Las-Vegasda ikki sportchi uchun vazn ulchash, ko'z urishtirish va matbuot anjumani marosimlari o'tkazildi. Faoliyati mobaynida amerikalik Ramires 26 jang o'tkazib, barchasida g'alabaga erishgan. SHotlandiyalik Teylor hisobida esa 17 jang va shuncha g'alaba.


Josh Teylor jurnalistlarga bergan intervyusida raqibi va o'z imkoniyatlari haqida so'z yuritib, “bu musobaqa men uchun ham, butun SHotlandiya uchun ham tarixiy ahmiyatga ega. Agar men g'alaba qilsam, SHotlandiya tarixida professional boks bo'yicha barcha to'rt yo'nalishni birlashtirgan birinchi mutlaq chempion, degan tarixiy yutuqqa erishgan bo'lardim. Istagim ham shu”. Uning bu gaplariga AQSH bokschisi Xose Ramires hozircha keskin munosabat bildirganicha yo'q.






Posmotret etu publikaciyu v Instagram











Publikaciya ot Boxing Loco

SportUz.Net saytini Instagram da ham kuzating!
Reyting:    

O’xshash yangiliklar

18:31
SHohjahon va SHahramning vaznida mutlaq chempionlik jangi: Teylor va Ramires ko'z urushtirishdi + FOTO  2
19:11
Gilberto Ramires Sergey Kovalev bilan jang qilmoqchi  0
11:26
Teylor - Ramires mutlaq chempionlik jangi sanasi malum  0

Fikrlar

Eng yaxshilar Oxirgi Birinchi


Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: