SportUz.Net
photo photo

BOOM: Pakyao ikki yillik tanaffusdan so'ng qaytmoqda + POSTER

22.05.2021 12:00    


Rasmni yuklab olish

Filippinlik afsonaviy bokschi, 8 vazn toifasida sobiq jahon chempioni, senator Menni Pakyao (62-7-2, 39 KO) avgust oyida ringga ko'tariladi.

Aniqrog'i, Menni 21 avgust kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida yarimo'rta vaznda WBC va IBF yo'nalishlari chempioni, amerikalik Errol Spens (27-0, 21 KO)ga qarshi jang o'tkazadi. Har ikki chempion ham bu malumotni rasman tasdiqlashdi. 

“Rasman kelishuvga erishildi. Tez orada Vegasda yilning eng katta jangida ko'rishamiz”, – deya o'zining Instagram sahifasida xabar qoldirgan Spens.

O'z o'rnida Pakyao ham jang posterini ijtimoiy tarmoqlariga joylagan. Filippinlik so'nggi bor 2019 yilning yozida Kit Turmanga qarshi jang o'tkazib, raqibining WBA Super kamarini tortib olgandi. Keyin esa uzoq vaqt kamarni himoya qilmagani uchun chempionlikdan mahrum etilgan edi.

Errol Spens esa so'nggi bor 2020 yilning dekabrida ringda ko'rinish bergan. O'shanda u ikki vaznda sobiq jahon chempioni Denni Garsiyani hakamlarning qarori bilan mag'lubiyatga uchratgandi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: