SportUz.Net
photo photo

To'lqin Qilichev Tokio-2020 haqida Qozog'iston OAVsiga: "Biz uchun beshta Olimpiada chempioni etarli bo'ladi"

20.05.2021 13:40    


Rasmni yuklab olish

Boks bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi katta murabbiyi To'lqin Qilichev Qozog'istonning Sports.kz sayti bilan intervyuda Osiyo chempionati, Olimpiada va turnirlardagi asosiy raqobatchisi Qozog'iston haqidagi savollarga javob berdi.

SportUz.Net sayti ushbu intervyuni o'zbek tiliga tarjima qilgan holda etiboringizga havola qiladi.

2021 yilgi boks bo'yicha Osiyo chempionati yaqinda Hindistondan Birlashgan Arab Amirliklariga ko'chirildi. Odatdagidek, Qozog'iston va O'zbekiston bokschilari ushbu darajadagi turnirlarda bir-birlariga eng asosiy raqib bo'lishadi. Dubaydagi musobaqa aslida to'rt yillik (bu safar hatto 5 yil)ning asosiy musobaqasi uchun repiticiya vazifasini o'taydi. Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlari iyul oyi oxirida boshlanishi kerak. 


Qozog'iston, O'zbekiston va boshqalar. Osiyo yulduzlari jangi: Olimpiada oldidan boksda kim kuchli?


- To'lqin Maxmurovich, Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi qanday tarkibda bo'lishi qiziq.

-49 kg Nodir Mirzahmedov, -60 kg da o'smirlar Olimpiadasi g'olibi Abdumalik Xalakov. -75 kg dan tashqari boshqa barcha vaznlarda olimpiyachilarimiz chiqish qilishadi. Bu vaznda Fanat Qahramonov o'rniga Saidjamshid Jafarov boradi.


- Bo'lajak turnirda O'zbekiston jamoasi oldida qanday vazifalar turibdi?

- Bo'lajak Olimpiada munosabati bilan Osiyo chempionati juda muhim ahamiyatga ega bo'lmasada, biz Sankt-Peterburgdagi Gubernator kubogidagi darajada o'z o'rnimizni egallashni xohlaymiz.

Ushbu musobaqalardan so'ng, Olimpiya o'yinlari boshlanishiga hali 90 kun qoldi - bu juda ko'p. Qandaydir bir musobaqada qatnashish kerak edi. Vazifa - maksimal: birinchi o'rin. Asosiysi, bizning etakchilarimiz g'alaba qozonishlari kerak.


- Umuman olganda, mamlakatdagi barcha kuchli bokschilarni terma jamoaga yig'ishga muvaffaq bo'ldingizmi?

- O'ylaymanki, ha. Balki, -75 kg vazn toifasida savollar bo'lishi mumkin, lekin bu bokschimiz ham yaxshi, biz uni tayyorlaymiz.

- Umuman olganda, sizningcha, hozirda O'zbekiston terma jamoasida muammoli vazn toifalari bormi?

- Umuman olganda, bu doim bo'lgan va keyin ham bo'ladi. 8 oltin medaldan 8 tasini yutamiz deb ayta olmaymiz. Siz xohlagan narsani elon qilishingiz mumkin, ammo beshta Olimpiada chempioni biz uchun etarli bo'ladi! (Kuladi).


- Osiyo chempionatlari va Olimpiya o'yinlarida vazn toifalari soni har xil bo'lishiga qanday qaraysiz? Ushbu chalkashlik qo'shimcha muammolarni keltirib chiqarmaydimi?

- Biz vazn toifalari qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi bo'lishini bilamiz. Ammo yigitlar Olimpiadada ularning soni kamroq bo'lishiga allaqachon o'rganib qolishgan. Bazilarda Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish imkoniyati yo'q. Ular Osiyo chempionatida o'zini ko'rsatishga harakat qilishadi.


- Sizningcha, qaysi jamoalar Dubayda umumjamoa hisobida g'oliblikka davogarlik qiladi?

- Avvalo, albatta bular O'zbekiston, Qozog'iston, Hindiston... Mo'g'ullarda yaxshi bokschilar bor, ammo ularning hamma vaznlari ham kuchli emas. Hindlarning barchasi kuchli, ular biz va Qozog'iston jamoasi uchun asosiy raqib.


- Qozog'iston terma jamoasining Osiyo chempionatiga tarkibini bilasizmi? Siz ulardan Dubayda nimalar kutmoqdasiz?

- Men Qozog'iston terma jamoasining tarkibini bilaman, biz uni azaldan bilamiz. Bashorat qilish qiyin. Osiyo chempionatida yaxshi natijalarga erishishdan ko'ra, Olimpiya o'yinlariga maqbul formada yondoshgan maqul. Psixologik jihatdan yaxshiroq tayyorlagan kishi o'zini namoyon qiladi.


- Qita chempionati tugaganidan so'ng, Olimpiada boshlanishiga bir yarim oy qoladi. Dam olish, tiklanish, tayyorgarlik ko'rish uchun etarli vaqt bormi?

- Deyarli ikki oy qoladi - bir oy va 20 kun. Vaqt etarli. Tayyorgarlikning so'nggi bosqichi uchun rejalarimiz bor. Qolgan barcha jamoalar singari biz ham hamma tayyorgarlikka ulguramiz.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: