Bu borada barcha Milliy olimpiya qo'mitalarga rasmiy xabar yuborilmoqda.
Xabarda butun dunyoda yangi epidemiologik vaziyatning qayta avj olayotgani, sportchilarning salomatligini himoya qilish tashkilotning asosiy maqsadi ekani sabab qilib ko'rsatilgan. SHu tariqa, iyun oyida Parijda o'tadigan jahon licenzion musobaqasi o'tkazilmaydigan bo'ldi.
Hozirda boks bo'yicha 53 ta yo'llanma (32 erkaklar va 21 ayollar) taqsimlanmay qolgan edi. Malum qilinishicha, ushbu kvotalar barcha qitalarga bokschilarning Olimpiya vazn toifalaridagi reyting pog'onalariga qarab tarqatiladi. Bunda so'nggi 4 yil (2017-2021) orasida o'tkazilgan xalqaro musobaqalar inobatga olinadi. Bungacha o'tkazilmagan Amerika va Evropa qitalaridagi saralash musobaqalari may-iyun oylarida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi o'tgan yil Iordaniyada o'tgan licenzion musobaqa orqali 7 ta (6 erkak va 1 ayol) yo'llanmani qo'lga kiritgan edi.