Nurmagomedov - Fergyuson jangini tashkil etishga besh marotaba harakat qilindi, ammo har safar bu turli sabablarga ko'ra to'xtatildi. "Xabib Fergyusonni o'ldiradimi? Ha roziman. Fergyuson umuman sportchi emas. U Makgregor emas. U umuman sportchi emas, u shunchaki loyiha, ular shou-tomoshalar qilishmoqda. Endi ular Fergyuson va Makgregorga qiziqish bildirmayapti. Ularga kuchli raqiblar berishadi va ular yutqazishadi. Endi UFC turli manfaatlarga, har xil chempionlarga ega. Eskilari allaqachon charchagan", - dedi Kadirov intervyusida.