SportUz.Net

Toshkentda yana bir professional boks oqshomi o'tkaziladi

18.05.2021 21:40    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston professional boks federaciyasi hamda SAFPRO promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkillashtiriladigan mazkur boks oqshomi joriy yilning 29 mayida poytaxtimizdagi “Universal” sport majmuasida o'tkaziladi.

“Professional boks kechasi”ning markaziy jangi "BeFit" klubi azosi Islombek Pirmanov (2-0, 2 KO) va ozarbayjonlik Rauf Agaev (31-7, 14 KO) o'rtasida WBC mintaqaviy kamari uchun bo'lib o'tadi. Xamyurtimiz Abduhamid Hakimov esa boks oqshomida WBC Asia kamarini himoya qiladi. Uning raqibi kim bo'lishi borasida muzokaralar olib borilmoqda. SHuningdek, ajoyib boks oqshomida Doston Turdiev, Rustam Ergashev, Behruz Rahmonov, Jo'raboy Zokirov, SHukrullo Vohidov kabi professional bokschilarimiz reyting janglarida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

O'zbekiston professional boks federaciyasi bosh kotibi Bekzod Solievning bildirishicha, musobaqaning ko'z urishtirish, vazn ulchash marosimlari 28 may kuni poytaxtimizdagi “Hyatt” mehmonxonasida o'tkaziladi. Ushbu musobaqani yuqori saviyada o'tkazish borasida O'zbekiston professional boks federaciyasida tashkiliy ishlar olib borilmoqda. Musobaqaga kelish, uni tomosha qilish bepul. Albatta, karantin qoidalariga roiya etilgan holda. 

To'lqin RO'ZIEV



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: