"Bizni juda qiziq jang kutib turibdi. Ular bir-biriga mos raqiblar - amaldagi jahon chempionlari. Ushbu jangda yaqqol favorit yo'q. Bokschilarning ushbu jangdagi imkoniyatlarini 50ga 50 deb baholayman. Yuqori darajadagi jang bo'ladi, kuchlisi g'alaba qozonsin", - dedi Mazimbaev.
Ushbu jang bugun 71 kg vazn toifasida o'tkaziladi. Eslatib o'tamiz, ikki bokschi ham amaldagi jahon chempionlari hisoblanishadi - SHimbergenov ushbu vaznda, Mo'ydinxo'jaev esa 67 kg vazn toifasida chempionlikni qo'lga kiritgan.
Topuriya: "Carukyan qo'rqib qolgan. U jang qilmasligi aniq bo'lganda vazn qila oladi"