"O'zingizni mening o'rnimga qo'ying va bunday qaytish men uchun nimani anglatishini tasavvur qiling. Men mamlakatni tark etishim kerak edi, chunki pandemiya paytida Kanadada jangga tayyorgarlik ko'rish mumkin emas. Men o'quv-mashg'ulot yig'ini uchun joy izlashim, murabbiylar shtabimni va sparring sheriklarimni mamlakat tashqarisiga olib chiqishim kerak.
Men Usmon bilan jang qilish uchun uch oylik hayotimni yo'qotishni va hamma narsani xavf ostiga qo'yishni istamayman. Meni qaytarishga majbur qiladigan jangchi deyarli yo'q. Men tugatdim. Usmon uchun xursandman, uning erishgan yutuqlarini ko'rish juda yoqimli. Ammo, u bilan bo'lgan jang ham meni rag'batlantirmaydi", - deya Jorj Sen-Perning so'zlaridan iqtibos keltiradi MMAFighting.