SportUz.Net
photo photo

WBC reytingi. TOP-15da birgina Qudratillo, 7 nafar bokschimiz o'z vaznida kuchli 40 bokschi orasida + POSTER

17.05.2021 08:20    


Rasmni yuklab olish

Butunjahon boks uyushmasi (WBC) may oyi uchun bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.

WBC boshqa tashkilotlardan farqli ravishda kuchli 15 bokschini emas, 40 nafar charm qo'lqop ustasi reytingini elon qiladi. 14 may kuni elon qilingan reytingdan 8 nafar o'zbekistonlik bokschi o'rin olgan. 

Birinchi o'ta engil vazn toifasida (-48,9) Hasanboy Do'smatov 20-pog'onada qayd etilgan.

Birinchi yarim o'rta vazn toifasida (-63,50 kg) ikki  vakilimiz WBC reytingida TOP-40dan joy olgan. SHohjahon Ergashev WBC reytingida 21-pog'onadan joy olgan. Yana bir charm qo'lqop ustamiz SHahram G'iyosov esa 28-o'ringa joylashgan. 

Yarimo'rta vazn toifasida (-66,67 kg) Qudratillo Abduqahhorov 8-pog'onani band etgan. 

Birinchi o'rta vazn toifasida (-69,8 kg) Isroil Madrimov yangilagan reytingning 18-o'rniga ko'tarilgan. Ushbu vaznda WBC Youth kamarini qo'lga kiritgan Ravshan Mahammadjonov 40-o'rinda qayd etilgan.

Ikkinchi o'rta vazn toifasidagi Azizbek Abdug'ofurov (-76,2 kg) 26-o'ringa tushib ketgan. Mazkur vaznda shuningdek WBA Americas kamari sohibi Bektemir Meliqo'ziev 33-o'rinni egallab turibdi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: