SportUz.Net
photo photo

"UFC 262". Asosiy kardda oktagonga ko‘tariladigan jangchi vazn me’yorini bajara olmadi va...

15.05.2021 10:43    


Rasmni yuklab olish

Vazn o‘lchash marosimi yakunlandi.

Xabaringiz bor, ertaga "UFC 262" turniri bo‘lib o‘tadi. Ushbu jang oqshomi meyn-iventida Habib Nurmagomedovdan so‘ng, vakant bo‘lib qolgan engil vazn toifasi chempionlik kamari uchun Charlz Oliveyra va Maykl Chendler oktagonga ko‘tariladi. 

Bugun ushbu kard qatnashchilari ishtirokidagi vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda faqatgina Rojerio Bontorin vazn me’yorini bajara olmadi. Endi u gonorarining 20 foizini raqibiga berishga majbur bo‘ladi. 

Quyida vazn o‘lchash natijalari bilan tanishishingiz mumkin: 

Charlz Oliveyra (70,3 kg);
Maykl Chendler (70,3 kg).

Toni Fergyuson (70,76 kg);
Benil Dariush (70,76 kg).

Mett Shnell (61,68 kg);
Rojerio Bontorin (62,14 kg)*.

Ketlin Chukagyan (57,15 kg);
Viven Araudjo (57,15 kg).

Sheyn Burgos (66,22 kg);
Edson Barboza (66,22 kg).

Ronaldo Souza (84,36 kg);
Andre Muniz (84,36 kg).

Lando Vannata (66,22 kg);
Mayk Grandi (66,22 kg).

Djordan Rayt (83,91 kg);
Djeymi Pikett (84,36 kg).

Andrea Li (57,15 kg);
Antonina Shevchenko (56,69 kg).

Djina Mazani (57,15 kg);
Pristsila Kachoeyra (57,15 kg).

Kevin Agilar (65,77 kg);
Taker Latts (66,22 kg).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: