SportUz.Net
photo photo

Toni Fergyusonning raqibi ikkinchi urinishdagina vazn qila oldi (Barcha juftliklar + FOTO)

15.05.2021 07:40    


Rasmni yuklab olish

Bizning vaqt bilan ertaga tong saharda AQSHning Texas shtati Xyuston shahrida navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tadi.

UFC 262 oqshomining markaziy jangida Maykl CHendler va CHarlz Oliveyra Xabib Nurmagomedovdan qolgan kamar uchun oktagonga ko'tariladi. Anlerkard jangda esa Toni Fergyuson va Beneil Dariush o'zaro to'qnash keladi. Rasmiy tarozidan o'tish marosimida Dariush ikkinchi urinishdagina belgilangan vazn meyorini bajara olgan. Fergyusonda esa vazn bilan bog'liq muammo kuzatilmadi.

UFC 262. Tarozi natijalari

Asosiy kard:

Maykl CHendler (155 funt) — CHarlz Oliveyra (155 funt)

Toni Fergyuson (156) — Beneil Dariush (156)

Keytlin CHukagyan (126) — Vivian Aruajo (126)

SHeyn Burgos (146) — Edson Barboza (146)

Mett SHnell (136) — Rojerio Bontorin


Prelium kard:

Ronaldo Souza (186) — Andre Munis (186)

Lando Vannata (146) — Mayk Grandi (146)

Andrea Li (126) — Antonina SHevchenko (125)

Jordan Rayt (185) — Jeymi Pikett (186)

Jina Mazani (126) — Priscilla Kachoeyra (126)

Kevin Agilar (145) — Taker Lutc (146)

Kristos Giagos (156) — SHon Soriano (156).



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: