Malumot uchun, Isroil 1995 yilning 16 fevral kuni Xorazm viloyati Xiva shahrida tavallud topgan. 11 yoshidan boks bilan shug'ullana boshlagan. Faoliyati davomida Osiyo chempioni, Osiyo o'yinlari chempioni, shuningdek bir qator xalqaro turnirlar g'olibligini qo'lga kiritgan. Bugungi kunda professional boksda ham faoliyatini davom ettirmoqda.
Fursatdan foydalanib, saytimiz xodimlari va muxlislari nomidan bokschimizni bugungi tavallud kuni bilan muborakbod etadi. Isroilga o'zi istagan barcha orzu-niyatlariga erishib yurishini tilaymiz.