SportUz.Net
photo photo

Rahmatjon Ro'zioxunov hozir o'tkazilayotgan yig'in, xorijiy terma jamoalar va musobaqalarga tayyorgarlik haqida gapirdi

11.05.2021 21:00    


Rasmni yuklab olish

Hozirda O'zbekiston terma jamoasi Toshkent viloyatining "Yangiobod" o'quv bazasida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bormoqda.

 O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati ushbu yig'in haqida terma jamoamiz katta murabbiyi Rahmatjon Ro'zioxunovning fikrlari bilan qiziqdi. 

Ayni paytda "Yangiobod" o'quv bazasida navbatdagi yig'inni o'tkazyapmiz. Bu erda bir necha xorijiy mamlakat terma jamoalari bilan birga shug'ullanmoqdamiz. Ushbu yig'in orqali Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga hozirlik ko'rmoqdamiz. 

Yig'inda shuningdek Ozarbayjon, Iordaniya, Eron va Jazoir terma jamoalari ham ishtirok etishmoqda. 

Hozirgi paytda yigitlarimizning holati yaxshi. Eng asosiysi jarohatlar yo'q. Barchasi reja asosida kechmoqda. Asosiy maqsadimiz - Olimpiadada munosib ishtirok etish. Yaqinlashib kelayotgan Osiyo chempionatida bokschilarimizni yana bir marotaba sinovdan o'tkazib olamiz va Olimpiadagacha barcha kamchiliklarni bartaraf etamiz. 

Hozir davom etayotgan yig'in mehmonlarda iliq taassurot qoldirmoqda. Eronliklar ilk marotaba o'quv-mashg'ulot yig'ini olib borish uchun O'zbekistonga kelishdi. Ushbu yig'in ularga manzur keldi va keyingi safar kattaroq delegaciya bilan mamlakatimizga kelishlarini aytishdi. Iordaniya esa bungacha yurtimizda yig'in olib borishga ulgurgan. Avvalgi yig'inda ular o'zlari uchun foydali jihatlarni olishgan ekan, yana yurtimizga kelishdi va ayni paytda asosiy tarkib bokschilari bilan Olimpiadaga tayyorlanishmoqda. 

Ozarbayjon terma jamoasi ham ikki yoki uchinchi marotaba O'zbekistonda o'quv-mashg'ulot yig'inini olib bormoqda. Ular hozirda Franciyadagi licenzion turnirga qizg'in tayyorgarlik ko'rishmoqda. SHu erda yig'in olib borib, to'g'ri Franciyadagi Evropa licenzion turniriga yo'l olishadi", - dedi Rahmatjon Ro'zioxunov. 

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: