SportUz.Net
photo photo

UFC chempioni Yan Blaxovich Xamzat CHimaevga "otvet" qildi

10.05.2021 18:20    


Rasmni yuklab olish

Yarim og'ir vaznda UFC chempioni Yan Blaxovich asli chechenistonlik Xamzat CHimaevning bildirgan fikriga javob qaytardi.

SHveciya sharafini himoya qilayotgan CHimaev o'z intervyusida ikki vaznga ko'tarilib, polshalik Blaxovichni mag'lubiyatga uchratishini aytgan edi. 

"U internetda barcha vazn UFC chempionlik kamarlarini qo'lga kiritib bo'ldi. Men esa engil vazndagi bolalarning bir necha nafarini mag'lub etish orqali o'zimning nimalarga qodir ekanimni isbotlab bo'lganman. Men ham og'izda istalgan bokschini enga olaman. Tayson Fyuri va boshqa jangchilarni, agar ular menga jang o'tkazish imkonini berishsa. Ularni nokaut bilan engaman desam, gapimga kimdir ishonadimi?", - dedi Blaxovich. 

Eslatib o'tamiz, Yan Blaxovich 4 sentyabr kuni UFC 266 turnirida Glover Teysheyraga qarshi jangda chempionlik kamarini himoya qiladi. Xamzat CHimaev esa avgust oyida oktagonga qaytishni rejalashtirmoqda. Uning raqibi katta ehtimol bilan Nil Megni bo'ladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: