"Marvin va Israel bilan bog'liq vaziyatni hisobga olsak, hozir bu haqida o'ylashni xohlamayman",-dedi Usman ESPN kanaliga.
"Men Izzini 100% qo'llab-quvvatlayman va u buni uddalay oladi deb o'ylayman. Menga Marvin ham yoqadi, ammo Izzi uni boshqarishi mumkin deb hisoblayman. U bu ishni avval ham qilgan, nazarimda yana qila oladi. Agar menda o'rta vaznga ko'tarilib, kamarga davogarlik qilish varianti bo'lsa edi, bu Izzining ushbu joyda bo'lmasligi sharti bilan bo'lar edi. Adesanya chempion bo'lmagan taqdirda men buni uddalashim mumkin edi".
O'rta vazn toifasida Israel Adesanya va Marvin Vettori o'rtasidagi jang 12 iyun kuni Glendeylda UFC 263 turnirida bo'lib o'tadi.
Isroil Madrimov Ortisga qarshi jang uchun sparring mashg'ulotlarini davom ettirmoqda + FOTO
Sonnen o'zbekistonlik sportchi qatnashadigan TUF 33 shousida kimlar murabbiy bo'lishini ochiqladi