"Bernsga qarshi jang Kovington bilan bo'lgan bahsdek yorqin bo'lmadi deb o'ylayman. Usman va Kovinton bahsi barcha davrlarning eng zo'r janglaridan biri bo'lgandi. Kamaru Bernsga qarshi jangda yaxshi harakat qildi, biroq Kolbi bilan bo'lgan bahsda umuman boshqa Kamaruni ko'rganmiz",-dedi Dana.
Eslatib o'tamiz, Kolbi Kovington va Kamaru Usman o'rtasidagi jang 2019 yilda bo'lib o'tgandi. O'shanda nigeriyalik chempion raqibini so'nggi raundda nokaut qilishga erishgan.