SportUz.Net

O'zbekiston terma jamoasi bokschilari Xabarovskdagi xalqaro turnirga yo'l olishdi

08.05.2021 19:40    


Rasmni yuklab olish

11-15 may kunlari Rossiya Federaciyasining Xabarovsk shahrida Sobiq Ittifoq qahramoni Konstantin Korotkov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir tashkil etiladi.

Ushbu musobaqada Afrika, Evropa va Osiyodan 150 nafarga yaqin bokschi qatnashishi kutilmoqda. 

Musobaqa "A klass" toifasiga kiradi va unda terma jamoalar o'zlarining kuchli tarkiblari bilan ishtirok etishadi. 

O'zbekiston terma jamoasi turnirga quyidagi tarkibda yo'l oldi:

-49 kg: Sohibjon Sodiqjonov 

-52 kg: Mironshox Ibragimov 

-57 kg: Hasanboy Latiboxunov 

-60 kg: Xurshidbek Rasuljonov 

-63 kg: Mujibillo Tursunov 

-69 kg: Jahongir Rahmonov 

-69 kg: Javlonbek Yuldashev 

-81 kg: Suxrob Qayumov 

-91 kg: Madiyar Saidraximov 

+91 kg: Lazizbek Mullajonov 

Murabbiylar: Abduvoxid Jalolov, Xamza Avezov, Ilyas Raximjanov, Alisher To'ychiev.

Hamyurtimiz Alisher Polvonov musobaqada hakam sifatida ishlaydi. 

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: