Dana Uayt Kamaru Usman haqida fikr bildirdi
15.02.2021 14:20
1102
Rasmni yuklab olishUFC prezidenti Dana Uayt yarimo'rta vazn toifasi chempioni Kamaru Usmanning Gilbert Byornsga qarshi jangi haqida fikr bildirdi.
"U yarimo'rta vazn toifasida eng uzun g'alabali seriyadan iborat rekordni yangiladi. U Sen-Perning rekordini buzdi.
Agar yigitcha shunday ruxda davom etsa, yarimo'rta vazn toifasi tarixidagi eng buyuk jangchi bo'ladi", - dedi Uayt.
Do`stlarga yuboring: